“Fiorentina” klubining olti nafar a’zosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda “Goal” nashri xabar bermoqda.

Foto: Zakon KZ

Xabarda aytilishicha, uch nafar futbolchi va yana uch xodimning koronavirusga topshirgan qon tahlili ijobiy natija bergan. Ularning ismi oshkor qilinmagan.

Infeksiya yuqtirib olganlar izolyatsiyaga olingan. Jamoaning qolgan futbolchilari esa barcha ehtiyot choralarini qo‘llagan holda 8-maydan mashg‘ulotlarga kirishadi.

Aprel oyida klubning Xerman Petsselya, Dushan Vlaxovich va Patrik Kutrone kabi futbolchilari koronavirusdan xalos bo‘lgandi.