Belorrusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko bir oy ichida koronavirus ustidan g’alaba qozonishini ma’lum qildi. Bu haqda “Lenta” yozmoqda.

Foto: TASS

Lukashenko yana bir bor Belarus yuqumli kasallik tarqalishiga qarshi kurashda tanlagan yondashuvning to’g’riligini ta’kidladi. “Biz o’z yo’limizni tanladik. Va bugun to’g’ri ish tutganimizga aminman. Biz favqulodda holat e’lon qilmadik”, – dedi u.

Prezident barchani kurashga chorladi va Belarus buni qanday qilishni bilishini ta’kidladi. “Agar biz bu yo’ldan borishni davom ettirsak, biz bir oydan keyin koronavirusni albatta unutamiz”, – deb va’da berdi Lukashenko.

Belorussiyada koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq holda qattiq karantin cheklovlari hali joriy etilmagan. Lukashenko buni iqtisodiy sabablar bilan izohladi va dunyodagi epidemiyani bir necha bor psixoz deb atadi. Mart oyining oxirida u fuqarolarni vahima qo’zg’amaslikka chaqirdi.

9-may kuni Minskda Buyuk Vatan urushidagi G’alabaning 75 yilligi sharafiga harbiy parad bo’lib o’tadi. Lukashenko: “Agar biz qo’rqib, teshiklarni yopib tashlasak, odamlar buni ma’qullashmaydi”, – dedi u.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiyani yuqtirib olganlar soni 20 mingdan oshiqni qayd etmoqda.