“Regnum” yozishicha, Qozog‘istonda kuzning ikkinchi yarmida koronavirusni yuqtirish holatlari oshishi kutilyapti. Bu haqda Jamoat salomatligi milliy markazi direktori Damir Kobjasarov SSV da o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

Foto: Kazakh TV

Kobjasarov taa’kidlaydiki, virus tarqashda davom etyapti — qozog‘istonlik va xorijlik mutaxassislarning fikri bir joydan chiqyapti. Bundan tashqari, virus mutatsiyaga uchrash xususiyatiga ega.

U qozog‘istonliklarni xavfni yodda tutgan holda, bo‘shashmaslikka chaqirdi. Kasallikni alomatsiz tashuvchilar ham bor, virus ulardan boshqalarga ham yuqishi mumkin.

Qozog‘istonda 8-may holatiga koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 4753 ta holat qayd etilib, bemorlarning 1582 nafari tuzalib ketgan, qurbonlar soni — 31 nafar.