Foto: Google

Shanba kuni mamlakatimizning markaziy qismidagina (Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha) yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 8-13 darajagacha pasayadi va me’rga yaqinlashadi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan yana iliq va nam havo oqimi kiradi. Respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat yana ko‘tarilib, 12-17 daraja iliqni tashkil qiladi, deyiladi xabarda.