Karantin sabab Toshkent shahrida ma’lum vaqt sukunat hukm surdi, faqat ruxsat etilgan idora va tashkilotlarda faoliyat to‘xtamadi, ularning xodimlari va ko‘ngillilar harakatlandi.

Foto: Sof

Endi esa poytaxtimizda epidemiologik vaziyat yaxshilanganligi bois Toshkent “sariq” tofidagi hududga kiritildi hamda karantin rejimi asta-sekin yumshatildi. Shaharda ma’lum ma’noda hayot jonlandi.

Shundan kelib chiqib va 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi tomonidan barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘z binolari peshtoqidagi va hududidagi yoritish moslamalarini hamda tashqi reklama bezak chiroqlarini joriy yilning 8-may kuni soat 19:00 dan boshlab (har kuni) yoqib qo‘yishi tavsiya etiladi, deyiladi shahar hokimligi axborot xizmati xabarida.