O‘zbekistondagi Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin tufayli jabrlangan Qozog‘iston fuqarolariga Bulat Utemuratov fondi tomonidan 150 ta yangi uy-joy qurib beriladi. Bu haqda “Kazinform” xabar qildi.

Foto: Sof

Qozoq milliarderi va metsenat Bulat Utemuratov buning uchun 6 mln AQSh dollari xayriya qildi.

Yangi uy-joylar Mirzakent shaharchasida quriladi. Bu yerga Dostik, Janaturmis va Jenis ovulida uylari vayron bo‘lgan aholi ko‘chiriladi. Yangi maktab va bog‘chalar quriladi.

O‘tgan yili Bulat Utemuratov fondi Qizilo‘rdada Arisdagi qurol-yarog‘ ombori portlashida jabrlangan 100 nafar ko‘p bolali oilaga 100 ta uy qurib bergan edi. 

Avvalroq, Alisher Usmonov “Sardoba” suv ombori to‘g‘onining buzilishidan jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berishga 15 million dollar xayriya qilgani haqida xabar berilgan edi.