Joriy yilning 7-may kuni soat 20:10 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Oltinsoy MFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil yo‘lida haydovchi 1972 y.t. M.A. “Nexia” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi 1990 y.t. Sh.N. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobus bilan to‘qnashgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, “Nexia” rusumli transport vositasi haydovchisi 48 yoshli M.A. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchilari 1976 y.t. M.U., 1976 y.t. R.M. hamda “Isuzu” rusumli avtobus yo‘lovchisi 1997 y.t. M.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Beruniy tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.