Samarqand viloyatida 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafardan Samarqand shahri va Toyloq tumanidan, 2 nafardan Oqdaryo va Payariq tumanidan, Pastdarg‘om, Narpay va Samarqand tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 10 nafari erkak, 7 nafari ayol, yoshi kattasi 52 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi esa 2019-yil tug‘ilgan chaqaloq.

Bugun ayni paytga qadar 82 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1738 nafarni tashkil etmoqda.