“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev buyrug‘iga asosan Boshqaruv apparati bilan ishlash departamentiga yangi rahbar tayinlandi.

Kamoliddin Usmonov Alovuddin

Shu vaqtga qadar “O‘zbkeneftgaz” AJda departament rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan Kamoliddin Usmonov Alovuddin o‘g‘li ushbu lavozimda ish boshladi.

Kamoliddin Usmonov bundan tashqari Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ham o‘z faoliyatini olib boradi, deyiladi aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabarida.

Avvalroq, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti boshlig‘i lavozimiga Behzod Boburovich Usmonov tayinlangani haqida xabar berilgan edi.