2020-yil 8-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2324 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Dunyo

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib yurtimizda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 1721 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.

Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveysariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.