Surxondaryoda joriy yilning 3-may kuni soat 16:30 da Qumqo‘rg‘on tumani Arslonboyli mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-596 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida 73 yoshli fuqaro B.Sh., “Captiva” rusumli avtoulovi bilan harakatlanib kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaro A.J.,ning boshqaruvidagi “T-28” rusumli Traktor yo‘liga chiqib ketib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Oqibatda “T-28” rusumli Traktor yo‘lovchisi voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi 13 yoshli Sh.J., tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.J., 7-may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi Tergov departamenti axborot xizmati xabarida.