“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti boshlig‘i lavozimiga Behzod Boburovich Usmonov tayinlandi.

Behzod Boburovich Usmonov

Yurist, injener-texnolog mutaxassisligiga ega bo‘lgan Behzod Usmonov Manchester universitetida tahsil olgan.

U shu vaqtga qadar “Uzbekistan GTL” korxonasida Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimida faoliyat yuritayotgan edi, deyiladi aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabarida.