Foto: Uzreport

Mavjud qo‘shimcha opsiyalar qatoriga avtomobillarni yoritish tizimlari, qo‘shimcha audio funksiyalari va jahon standartlariga oid texnik reglamentga javob beradigan qo‘shimcha funksiyalar kiritilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, qo‘shimcha opsiyalarni o‘rnatishda faqat sertifikatlangan zavod sifatidagi ehtiyot qismlar ishlatiladi. Ularning narxi avtomobilning modeli va o‘rnatilgan opsiyasiga qarab 50 dan 500 ming so‘mgacha tashkil qiladi, bu esa bozor va xususiy avtoservislarnikiga qaraganda ancha past.

Bundan tashqari, opsiyalarni zavodda o‘rnatish yanada ishonchli sanaladi, sertifikatga ega bo‘lmagan xususiy servis markaziga murojaat qilish mijozni avtomobil’ uchun zavod kafolatlaridan mahrum qiladi.

Qo‘shimcha opsiyali avtomobillarni rasmiy dilerlik do‘konlarida xarid qilishingiz mumkin. Shartnoma tuzgan va to‘lovni amalga oshirgan xaridorlar qo‘shimcha shartnomani imzolagan holda qo‘shimcha narxni to‘lash orqali qo‘shimcha opsiyalarga ega bo‘lgan avtomobil’ sotib olishlari mumkin.

Qo‘shimcha imkoniyatlari bo‘lgan avtomobilni sotib olish yoki qo‘shimcha imkoniyatlari bo‘lmagan mashinani boshqarish har bir xaridorning shaxsiy tanlovi, deyiladi kompaniya xabarida.