Turkiy tilli davlatlar xonandalari Hulkar Abdullayevaning “Paqa-paq” qoʻshigʻini Zoom orqali birgalikda ijro etishdi. Bu haqda Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar qildi.

Foto: Skrinshot

Ushbu onlayn tadbir “Xiva  shahrining 2020 yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan amalga oshirilgan. Tadbirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tatariston, Turkmaniston, Turkiya, Qrim, Moldova, Kabarda-Balkariya, Oʻzbekiston sanʼatkorlari Zoom dasturi orqali Hulkar Abdullayevaga joʻr boʻlib, kuylashdi.

Eslatib oʻtamiz, Turksoy Madaniyat vazirlari kengashi 2019-yilning 2-dekabr kuni Xiva shahri “2020-yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb eʼlon qilingan edi. Turksoy kengashiga Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya, Turkmaniston vakillari kiradi.