Foto: IIV matbuot xizmati

Viloyat miqiyosida olib borilayotgan “Huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi” doirasida aholi bilan o’tkazilayotgan tushuntirish va targ’ibot ishlari natijasida Samarqand shahar Sartepa maskanida yashovchi, 1972 y.t. A.B., marxum qaynotasining yashash uyida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtida, molxonasidan bir dona TOZ-12 rusumli, 1 stvolli,12 kalibrli ov quroli va 5 dona patronlarini topib olib, o’z ixtiyori bilan IIBga olib kelib topshirdi.

 
Shuningdek, Paxtachi tuman Ziyovuddin shaharchasida yashovchi, 1980 y.t. T.A. marhum otasiga tegishli bo’lgan bir dona IJ rusumli, 16 kalibrli, bir stvolli, ov qurolini yashash uyining chordog’idan topib olib, o’z ixtiyori bilan tuman IIBga olib kelib topshirdi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan bu boradagi ishlarda jonbozlik ko’rsatishlarini so’raydi, deyilgan xabarda.