Rejissyor Hamidulla Hasanov Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbekistonlik bir yuz bir askarning mardona va fojiali taqdiri haqidagi hujjatli ma’lumotlarga asoslangan “101” filmini suratga oldi.

Foto: Skrinshot

Ma’lum qilinishicha, filmda bir yuz bir nafar o‘zbek askari Amersfort shahridagi konslagerga nemis fashistlari olib kelingani haqida so‘z boradi. Unda fashistlar gollandlarga o‘zlarining kimlar bilan kurashayotganlari va vermaxt gazetalari maqolalarida barcha yevropaliklarni cho‘chitib kelayotgan Qizil Armiya askarlari aslida kim ekanligini ko‘rsatish maqsadida olib kelganligi ta’kidlanadi.

Bu voqea haqidagi yangi tafsilotlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskayaning shu nomdagi – “101” romanida chop etilgan noyob tadqiqotlari natijasida olingan. “Bir yuz bir o‘zbek qahramonining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan bebaho hissasi, ommaviy qahramonligi butun dunyodagi insonlar xotirasida abadiy saqlanib qoladi!” – deydi ssenariy muallifi Yuliya Medvedovskaya.