Foto: Google

Oʻzbekistonda barcha xildagi chinor, tut, archa, zarang va qayrogʻoch – jami 78 xil daraxtlarini kesish taʼqiqlandi.

2020 yilning 31 dekabriga qadar quyidagi turdagi  daraxtlarni kesishga moratoriy qoʻyilgan: 

Grek yongʻogʻi, oddiy eman, koʻkbargli terak, gʻarb chinori (platan), archaning turli xillari, tut (oq, qora, shotut), zarang (turli xil),  qayrogʻoch (turli xil), qaragʻay (turli xil), kedr, kiparis, lola daraxti, magnoliya, tol (turli xil), jiyda, doʻlona, bodom, chinor, nok va boshqalar. 

Vazirlar Mahkamasining qarorida kesish taʼqiqlangan daraxtlarning batafsil roʻyxati bilan qoʻyida tanishishingiz mumkin. 

Ma’lumot o’rnida, Oʻzbekiston hududida daraxtlarni kesish haqidagi petitsiyaga juda koʻp kishi imzo qoʻyganidan soʻng, prezident farmoni bilan 2019 yilning 1 noyabridan 2020 yilning 31 dekabriga qadar moratoriy eʼlon qilingan edi.

Maʼlumot uchun, Prezidentning tegishli Farmoni bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.

Tabiiy omillar, kasalliklar taʼsirida shikastlangan, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.