Foto: Nasaf news

“Surxondaryo voqealari juda dolzarb tus oldi, avvalo bu yerda fuqarolarni ham ayblab bo‘lmaydi. Bizda tizimda kamchiliklar bor. Alisher Qodirovning deputat sifatida  xalqni oldida mas’ulligi bor. Biz qonunda yozilgan normani oyog‘osti qilishga haqqimiz yo‘q.

Fuqaro sifatida har kimning o‘z shaxsiy fikri bor. Alisher Qodirov ham fuqaro sifatida o‘zini fikrini aytgan bo‘lishi mumkin. Deputat sifatida esa bunday fikr bildirish noto‘g‘ri.

Chunki unga bitta odam ovoz berganmi yoki ikkita ularni hurmat qilishi kerak.

Surxondaryoliklar Alisher Qodirovni saylamagan bo‘lsa, uning partiyasidan kimnidir saylagan bo‘lishi mumkin. Yana bir narsa aniqki, har bir saylovchi deputatdan har bir savoliga javob olishga haqli. Unga meni siz saylamagansiz deyish to‘g‘ri deb o‘ylamayman”, – dedi partiya yetakchisi.