Foto: IIV matbuot xizmati

Xususan, Andijon viloyati hududidagi 4R-112 “Andijon-Asaka” avtomobil` yo’li yoqasida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida bolalar ishtirokidagi yo’l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot tadbirlari o’tkazildi.

Maktab o’quvchilarining yo’llarda xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida har bir o’quvchilarning maktab sumkalariga nur qaytargichlar yopishtirildi. Bu kabi targ’ibot-tashviqot tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.