Avstraliyaning “9news” nashri odam bolasini o‘g‘irlashga kelgan maymun videosini joylashtirdi. Eng qizig‘i, “jinoyat” joyiga maymun mini-mototsiklda kelgan.

Foto: Skrinshot

Taxminlarga ko‘ra, video Indoneziyada suratga olingan. Avstraliyalik jurnalistlar esa bola o‘g‘risi bo‘lmish bu jonivorning sheriklari odamlar degan xulosa chiqarishdi: ularning nazarida, maymun juda uzun arqonga bog‘langan edi.

Jinoyat amalga oshmay qoldi: odamlarning baqir-chaqiridan qo‘rqib ketgan maymun bolani tashlab qochvordi.