Foto: Regnum

Xitoy hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish uchun maqsadida Foxconn zavodlari va boshqa fabrikalar ishini to‘xtatdi.

Apple kompaniyasi Xitoyda pnevmoniya tarqalishining unga salbiy ta’siri haqida allaqachon xabar bergan edi. Ammo mavjud holatdan nafaqat azob chekmasdan, balki g‘alaba qozonadigan kompaniyalar ham bor. Masalan, Samsung.

Foto: Sof.uz

Janubiy Koreya gigantining holati Apple’nikidan yaxshiroqqa o‘xshaydi, chunki u o‘z vaqtida ishlab chiqarish quvvatlarini Vetnamga joylashtirgan edi. Samsung smartfonlarining deyarli yarmi Vetnamdagi fabrika konveyerlaridan chiqadi va hozirgi paytda koronavirus bu mamlakatga yetib bormagan.

Bundan tashqari, Samsung smartfonlarining Xitoydagi ulushi unchalik katta emas.

Janubiy gigantining Xitoydagi ulushi 1% ni tashkil etadi. Ilgariroq, Samsung Xitoydagi ikkita zavodini yopgan va do‘konlari soni kamaytirilgandi. Bunday vaziyatda koronavirus Samsung uchun haqiqiy sovg‘adan boshq narsa emas. Chunki kompaniya bu vaziyatda virus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan raqobatchilarining muammolaridan foydalanishi turgan gap.