Foto: Xalq so’zi

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini faol targʻib qilish maqsadida joriy yilning 22-mart kuni “Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlangan II Toshkent xalqaro marafonini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida mazkur musobaqaga atalgan matbuot-anjumani tashkil qilindi.

Marafon haqida.

Reglamentga koʻra, musobaqa 4 xil yoʻnalishda oʻtkaziladi: marafon (42 km, 195 metr), yarim marafon (21 km, 97,5 metr), 3 km va 1,5 km masofalar. Ahamiyatlisi, marafon distansiyasi World Athletics (Jahon yengil atletikasi) ning Xalqaro uzoq masofa va marafonlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan. 

II Toshkent Xalqaro marafonining sovrin jamgʻarmasi 350 million soʻmni tashkil qiladi.