Dandi universitetining britaniyalik olimlari COVID-19’ning ichakdagi virusning ko’payishini ko’rsatadigan yangi rasmlarini nashr etishdi.

Foto: The sun

“The Sun” nashrining yozishicha, suratlar dunyodagi eng kuchli mikroskop yordamida olingan. Olingan rasmlar iPhone’da olingan suratlardan 500-1000 baravar ko’proq piksellar soniga egaligi aytiladi xabarda.

Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ular ushbu jarayonni namoyish etishga qaror qilishgan, chunki koronavirus bilan og’rigan bemorlarning uchdan birida oshqozon-ichak trakti alomatlari mavjuddir.

Foto: The sun
Foto: The sun

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 3,5 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 247,3 ming nafari vafot etgan, 1,11 milliondan ortig’i infeksiyadan davolangan.