Foto: Sof.uz

Nashrga ko‘ra, Bakalchukning boyligi yil davomida 400 million dollarga ko‘paygan va 20 fevralda 1,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

“Bakalchuk  boyligini ko‘payishi uning asosiy aktivi — Wildberries onlayn-do‘koni bahosining o‘zgarishi hisobiga amalga oshdi. Rossiyaning eng katta onlayn-do‘konlari ro‘yxatida Wildberries birinchi o‘rinni egalladi. 2019 yilda do‘konning savdo aylanmasi 88 %ga ortib, 223,5 mlrd rublni tashkil qildi”, deb qayd etadi Forbes.

Wildberries 2019 yilda 164 million dona buyurtmalarni yetkazib bergan. Bu bir yil oldingi natijalarga nisbatan 2 barobar ko‘proq. Shuningdek, mahsulotlar assortimentida ham shunday o‘sish kuzatilgan: 1.8 milliontadan 3.6 milliontaga.

Kompaniya buyurtmalarni Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston bo‘ylab yetkazib beriladi. Hozirda esa Slovakiyada 200 million yevrolik logistik xab qurishni rejalashtirmoqda.