Foto: Google

“Anor” tizimi elektron raqamli imzo orqali foydalaniladi. Mazkur tizim Markaziy bank tomonidan 2019 yil oxirida ishlab chiqilib, tajriba tariqasida 2020 yil 18 fevraldan ishga tushirildi hamda “Hamkorbank”, “Trastbank”, “Ipoteka-bank” va “Turkistonbank” kabi tijorat banklarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Dastlabki ikki kun davomida ushbu tizim orqali mingdan ortiq qariyb 20 mlrd. so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi.

Joriy yilning fevral-mart oylarida respublikamizning boshqa banklari ham bosqichma-bosqich ravishda “Anor” tizimiga ulanadi.