Foto: Sputnik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati yigʻilishida nuqt soʻzlayotganda mikrofon oʻzidan oʻzi ishlamay qoldi.

Zaldagilardan kimdir hazil tariqasida mikrofon “vahima tufayli” ishlamay qolganini taxmin qildi.

“Qoʻrqib ketdingizmi?”, – deya javoban hazil qildi Rossiya rahbari.

Keyin qurilma odatdagi singari ishlab ketdi va Putin oʻz nutqini davom ettirdi.