Foto: Google

«Barselona» daniyalik futbolchining transferi uchun 18 million yevro to‘ladi, bu haqida klub rasmiy saytida yozilgan. Braytvayt «Barselona» hujum chizig‘ida Suares va Dembelening jarohatidan so‘ng paydo bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldirishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

La Liga «Barselona»ga transfer oynasi tugagan bo‘lishiga qaramay, Braytvaytni 15 kun ichida chempionat o‘yinlari uchun qaydnomadan o‘tkazishga ruxsat bergan, chunki Kataloniya klubi ikki hujumchisining jarohatidan so‘ng La Liga rahbariyatiga yangi hujumchini ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan.