NASA Antarktidadagi muzliklarning erishi bilan bogʻliq boʻlgan iqlim halokati koʻlamini aks ettiruvchi video lavhani tayyorladi.

Foto: Sputnik

Videoda soʻnggi 16 yil ichida ICESat-2 sunʼiy yoʻldoshi yordamida olingan maʼlumotlardan foydalanildi.

2003-yildan 2019-yilgacha sunʼiy yoʻldosh Antarktidaning gʻarbiy qismida muzning erishini qayd etdi. Bu jarayon dengiz sathidan 14 millimetrga koʻtarilishiga olib keldi, bu okeanlardagi suv sathining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi. Qitʼaning sharqiy qismida esa muzliklar koʻpaygan.

Global isish tufayli Antarktida har yili taxminan 120 gigaton va Grenlandiyada 200 gigaton muz eriyapti.