Foto: Sports

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher xavbek Pol Pogbaning jismoniy holati haqida xabar berib o‘tdi.

“Pol jamoa bilan umumiy guruhda mashg‘ulotlarga kirishganicha yo‘q. Pogbaning qaytishi uning o‘ziga bog‘liq, ammo hozirgi jismoniy holatidan maydonga qaytishi uchun ancha barvaqt ekanligini hulosa qilish mumkin”,  deydi Sulsher.

Eslatib o‘tamiz, MYuning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biri joriy mavsumning katta qismini jarohati sabab o‘tkazib yubormoqda.