Aralash jang (UFC) chempioni Habib Nurmagomedov afsonaviy bokschi Mayk Taysonning mashg‘ulotlari haqida fikr bildirdi.

Foto: Google

Tayson o‘zining sparring sherigi bilan olib borgan mashq jarayoni videolavhasini muxlislariga ulashdi. Videolavhadan 53 yoshli sportchining jismoniy holati juda yaxshi ekanini ko‘rish mumkin. Buni ko‘plab muxlislar ham qayd etishgan. Jumladan, mashhur bokschini Nurmagomedov ham maqtadi.

“Mayk, bunga ishonolmayman. Bu umuman boshqa daraja”, – deya izoh qoldirgan Habib.