Ukrainaning Kiyev viloyati Boyarka shahrida yelkasida bola ko‘targan ayol favvorani sindirib qo‘ydi. Hodisa tashqi kuzatuv kameralarida qayd etilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Skrinshot

Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, FHDYo bo‘limi yonida 20 yoshli qiz singlisi bilan favvoraning ustida selfi tushishga qaror qilishgan. Ayol favvoraning ustidan pastga tushayotganda birdan muvozanatini yo‘qota boshlagan. Buning oqibatida qurilma opa-singil bilan yerga qulab tushgan.

Zarar miqdori qariyb 37 ming grivenga (taxminan 13,5 million so‘m) baholangan. Bezorilik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.