Foto: Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati

Joriy yil 15 fevral kuni soat 21:00 da Norin tumani “To‘lqin” mahallasida joylashgan uylarning birida sinfdoshlar orasida o‘tkazilgan tadbir davomida, 17 yoshli O.U., tadbirga qo‘shni mahalladan kelgan 17 yoshli B.S., bilan o‘zaro janjallashib, yonida olib kelgan pichoq bilan B.S.ning, tanasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Natijada B.S. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, O.U. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.