Foto: Reuters

Robotlar tana harorati yuqori bo‘lgan potensial bemorni aniqlaydi. Qurilmalar bir vaqtning o‘zida bir nechta odamni tekshirishi, shuningdek, ularni skaner qilishi va yuzidan shaxsini aniqlashi mumkin.

“Hozir Xitoyda tibbiyot xodimlari bir odamning tana haroratini bir kunda bir marta tekshirishi mumkin, bizning robotlar esa bir vaqtning o‘zida bir nechta odamni tekshira oladi”, – deydi Sian transport universiteti professori Mey Syusuna.

Olimlar skrining uchun bir nechta robotni yig‘ib ularni sinovdan o‘tkazdi va aniq natijalar ko‘rsatilayotgani ma’lum bo‘ldi. Texnologiyaning joriy qilinishi infeksiya tarqatuvchilarini erta aniqlash imkonini berishi mumkin.