Foto: Kun.uz

Xabarda aytilishiga koʻra, voqea Suriya shimoli-sharqidagi Qamishli shahri yaqinida sodir boʻlgan. Videoda Rossiya harbiy avtomobillari kolonnasi va 2ta AQSH bronemashinasi harakatlanayotgani aks etgan. Rossiya bronemashinasi AQSH zirhli mashinasini quvib oʻtmoqchi boʻlganda, u “Tigr”ga yoʻl bermasdan yoʻl chetiga siqib chiqarib yuboradi. Shundan soʻng ikkala avtomobil ham toʻxtaydi.

AQSH Markaziy qoʻmondonligi ushbu voqeani izohlamadi. Rossiya tomon xabariga koʻra, biroz oldin, AQSH harbiylari va mahalliy aholi orasida mojaro sodir boʻlgan, AQSH harbiylari aholiga qarata oʻq uzgan. Natijada 14 yoshli bola qurbon boʻlgan va yana bir kishi yaralangan. Shundan soʻng mahalliy aholi AQSH harbiy kolonnasi yoʻlini toʻsib qoʻygan. Vaziyatga Rossiya harbiylari aralashib, AQSH harbiylar kolonnasini huddudan chiqib ketishini taʼminlagan, deyiladi xabarda.