Foto: Sostav.ru

Murojaat matni quyidagicha, viloyat va tuman (shahar) hokimlari tele va radiokanallar orqali aholiga har chorakda hisobot taqdim etib borsa, bu orqali jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi, eng kamida efir vaqtida murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etiladi. 

Shuningdek, xalq bilan samarali muloqot tashkil etiladi, ularga islohotlar mazmuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlar orqali yetkaziladi, rahbar xodimlar, hokimlarning mas’uliyati ortadi.

“Shu sababli, viloyat va tuman (shahar) hokimlarining tele va radiokanallar orqali xalqqa har chorakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobot taqdim etib borish amaliyotini joriy etishni taklif qilaman”, deb yoziladi murojaatda..