Foto: Tass

So’nggi bir kun ichida ushbu kasallikka chalinganlar soni 394 kishiga, o’lim esa 114 kishiga ko’paydi. Ularning 108 nafari Xubey provinsiyasida vafot etdi.

Ayni paytda mamlakat shifoxonalarida 56,3 ming kishi davolanmoqda, 11,86 mingdan ortiq bemorning ahvoli og’ir deb baholanmoqda.

Shu bilan birga, 16 mingdan ortiq odam tuzaldi va tibbiy muassasalardan bo’shatildi, deyiladi xabarda.