Avvalroq, bugun hind aktyori Rishi Kapur saraton kasalligiga qarshi uzoq davom etgan kurashdan so’ng 68 yoshida Mumbaydagi shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Amerika ovozi

Hind kino olamining qiroli Rishi Kapur “Bobbi”, “Mening ismim Joker” kabi yana ko’plab filmlardagi rollari bilan o’zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish. Hayoti davomida yuzdan ortiq kinofilmlarda rol ijro etdi.

Hindistonning mashhur aktyori Raj Kapurning o’g’li bo’lgan Rishi Kapur umrining oxirgi ikki yilida saraton kasalligiga qarshi kurashdi.

Foto: Amerika ovozi
Foto: Amerika ovozi

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda butun dunyodan son-sanoqsiz hamdardlik izhorlari yog’ilib kelmoqda. Shu jumladan, hind kino olamining yana bir qiroli Amitabh Bachchan ham “butkul xonavayronman” deya o’zining qanchalik qayg’uda ekanligini aytgan. Shuningdek, Bosh vazir Narendra Modi ham o’z “Twitter” sahifasida Rishi Kapurga “ko’pqirrali, kelishgan va jo’shqin edi” deb ta’rif berdi.

Foto: Amerika ovozi
Foto: Amerika ovozi
Foto: Amerika ovozi
Foto: Amerika ovozi