Hind aktyori Rishi Kapur saraton kasalligiga qarshi uzoq davom etgan kurashdan so’ng 68 yoshida Mumbaydagi shifoxonada vafot etdi.

Foto: Kino san’ati

Aktyor vafotidan oldin kasalxonaga yotqizilgan. U 2019-yil sentabr oyida AQShda yillik davolanish kursidan so’ng Hindistonga qaytib keldi.

2020-yil fevral oyida aktyor ikki marta davolanish uchun mutaxassislarga murojaat qildi, deya xabar beradi “Business Today”.

Rishi Kapur – aktyor va rejissyor Raj Kapurning o’g’li, tomoshabinlarga “Bobbi”, “Kraker”, “Londonga sayohat”, “Sen va men”, “Nyu-Yorkdagi sevgi” filmlari bilan tanilgan.

Kecha, 29-aprel kuni Bollivudning yana bir aktyori Irfan Xon vafot etdi.