Foto: Xabar.uz

28 yoshli quruvchi-yuguruvchi — Srinivas Gauda 100 metr masofani 9,55 soniyada bosib o‘tdi, yamaykalik mashhur yulduzning jahon rekordi esa 9,58 soniyaga teng.

“Kambala” musobaqasida qatnashganlarning «oyog‘i yerga tegmay yugurishida», albatta, buyvollarning hissasi katta. Ammo shunisi ham borki, ular Bolt kabi tep-tekis maydonda, yap-yangi krossovkalarda emas, suv to‘la sholipoyada yalangoyoq yugurishganiga nima deysiz?!

Garchi Srinivas Gaudaning natijasi rasman tan olinmagan bo‘lsa-da, Hindiston tashqarisida ham aks-sado berib bo‘ldi.

Ma’lumot o’rnida: «Kambala» poygalari an’anaviy ravishda Hindistonning Karnataka shtatida o‘tkazib kelinadi