Foto: Xalq so’zi

“Shalpangquloq” kubok 22-23-fevral kunlari “Anhor Lokomotiv” parki hududidagi Axelon karting-klubida koʻrgazmaga qoʻyiladi.

Shu kunlari muxlislar yuksak mukofot “tashrifi”ga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etib, kubokni koʻrish va u bilan suratga tushish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Oʻzbekistondagi PepsiCo brendining rasmiy botleri IBT ijrochi direktori Maksim Yefremovning ishonch bildirishicha, mazkur tadbir futbol ishqibozlari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Maʼlumot uchun, UEFA Chempionlar ligasi kubogi ichki yuzasi tilla bilan qoplangan kumushrang katta koʻza shaklida boʻlib, balandligi 74 sm va ogʻirligi 7,5 kg.ga teng. Mukofotning ort qismiga 1955-yildan beri turli mavsumlarda uni qoʻlga kiritib kelayotgan klublar nomlari oʻyib yozilgan. Uning amaldagi sohibi ayni paytda “Liverpul” jamoasi boʻlib turibdi.

Ma’lumot o’rnida, bundan oldin Toshkentda Jahon chempionati kubogi “mehmon” boʻlgandi.