Pentagon nomaʼlum uchar jism parvozi aks etgan videoni oʻz saytida joylashtirdi. Lavha 2004-yil noyabr va 2015-yil yanvar oyida jangovar samolyotlar ekipaji tomonidan tasvirga olingan.

Foto: NASA

Ushbu yozuvda nomaʼlum uchar obyektlarni koʻrish mumkin, ular tashqi tuzilishidan na samolyotga, na vertolyotga yoki boshqa maʼlum apparatlarga oʻxshamaydi.

“Mudofaa vazirligi ushbu videolavhalarni ommaga namoyish etishda videoning haqiqiyligi yoki boshqa biron bir narsa ekanligi toʻgʻrisida notoʻgʻri tushunchalarni aniqlashtirish maqsadida videolarni eʼlon qiladi. Videolarda kuzatilgan uchar obʼyektlar hanuzgacha “nomaʼlum” deya tavsiflanadi”,  – deyilgan Pentagon bayonotida.

Hill nashrining yozishicha, Mudofaa vazirligi videolarni nashr etish mumkin deb hisoblagan, chunki ularda maxfiy maʼlumot yoʻq. Maʼlumotlarni oshkor etilishi nomaʼlum uchar obʼyektlarni keyingi oʻrganishlarga taʼsir qilmaydi. Britaniyaning Guardian gazetasi, aksincha, oshkor etish bunga  qonuniylikni berib, shu orqali “insonlarning yaqinda yerdan tashqari mavjudotlar bilan aloqalari toʻgʻrisida koʻproq mish-mishlarni keltirib chiqaradi”.