Foto: Xalq so’zi

“Respublikamiz hududida joriy yilning 18-fevral kuniga qadar sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarining tahliliga nazar soladigan boʻlsak, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sodir etilgan hodisalar soni 10,5 foizga yoki 656 tadan 587 taga, ularda vafot etganlar soni 16,1 foizga yoki 168 nafardan 141 nafarga, tan jarohati olganlar soni 4,2 foizga yoki 597 nafardan 572 nafarga kamayishiga erishilgan boʻlsa-da, yoʻllarimizda sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari soni hanuzgacha yuqoriligicha qolmoqda” dedi O.Saidov.

Shuningdek, brifingda bugungi kunga qadar respublika hududida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarida jami 147 nafar fuqaro vafot etganligi alohida qayd etildi.

Bu kabi noxush holatlarni barvaqt oldini olish maqsadida, IIV YHXBB rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan 29 ta ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha profilaktik-amaliy chora tadbirlar belgilanib, ularning kunlik ijrosi boʻyicha nazorat qilib borish yoʻlga qoʻyilganligi taʼkidlandi.

Brifing davomida jurnalistlar sohaga oid ayrim muammoli vaziyatlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar boʻyicha takliflar ham berishdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.