Foto: Uzreport

Uzreport Axborot Agentligi (Uzreport TV, Futbol TV)  millionlab futbol muxlislarining qiziqishidan kelib chiqqan holda, Yevro – 2020 musobaqasini O’zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Yevro – 2020 musobaqasida 24 ta terma jamoa bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. O’yinlar  Ozarbayjon, Angliya, Vengriya, Germaniya,  Daniya,  Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Ruminiya va  Shotlandiya mamlakatlaridagi stadionlarda o’tkaziladi.

O’yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00, 21:00 va 00:00 da boshlanadi.

Uzreport TV va Futbol TV telekanali muxlislari Yevro – 2020 musobaqasidan o’rin olgan barcha 51 ta uchrashuvni jonli efirda, parallel ravishda ikki tilda — o’zbek va rus tillaridagi sharhda  tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Yevro – 2020 o’yinlarini Futbol TV sharhlovchilari bilan bir qatorda taniqli rossiyalik sharhlovchilar – Denis Kazanskiy, Aleksandr Yelagin va Dmitriy Mostovoylar sharhlab borishadi.

O’yinlardan tashqari telekanallarimiz orqali Yevro – 2020 kundaligi – “Highlights”lar ham efirga uzatib boriladi. Bu dastur orqali muxlislar Yevro – 2020 dan o’rin olgan o’yinlarning eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilishlari, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, shuningdek, rekordlar va boshqa muhim faktlar bilan tanishib borishlari mumkin bo’ladi.

Shuningdek, Yevropa chempionatining markaziy o’yinlari oldidan va uchrashuvlardan so’ng tashkil etiladigan “Futbol studiya” dasturida sharhlovchilar va mutaxassislar tomonidan qiziqarli tahlillar jonli efirda namoyish qilinadi.

Uzreport TV va Futbol TV telekanallarini tomosha qiling. Chiroyli o’yin va o’zingiz yoqtirgan jamoaga muxlislik qiling, deyilgan xabarda.