DXX 4 viloyatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Unga ko’ra, Samarqandda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etgani uchun bir necha bor sudlangan shaxs tanishlari orqali fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Namanganda esa Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchisi o‘zganing ishonchiga kirib, ichki ishlar idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Sirdaryoda yashovchi, sobiq ichki ishlar xodimi, o‘zini go‘yoki Milliy Gvardiyaning viloyat boshqarmasida ishlovchi xodimi sifatida tanishtirib, Milliy Gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish evaziga, 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Qashqadaryoda muqaddam Mudofaa vazirligi tizimida ishlab, nafaqaga chiqqan shaxs fuqaroni Milliy Gvardiyaga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Mavzuga doir: Namanganda 2 gektar yer uchun 200 ming dollar pora olayotgan davlat xizmatchisi ushlandi