Joriy yilning 21-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumani “Zohidon” MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasida istiqomat qiluvchi N.G. ismli ayol va uning ikki nafar qizi yashash xonadonidan chiqib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyat boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Farg’ona viloyati FVB axborot xizmati

Shu kuni kichik qizi X.Sh.ning jonsiz tanasi Bag‘dod tumani “Irg‘oli” MFY hududidan oqib o‘tgan Katta Farg‘ona kanalidan topilgan.

22-fevral kunidan buyon Farg‘ona viloyati FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan Rishton tumanidan oqib o‘tuvchi katta Farg‘ona kanalida O‘zbekiston tumanining “Nurso‘x” qishlog‘igacha bo‘lgan masofada suvda ona va bolani qidirish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Farg‘onada massajxona yonib ketdi