Yevropa ittifoqi Ukrainadagi harbiy operatsiya munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi, deb xabar bermoqda YeI rasmiy jurnali.

Foto: Youtube

Cheklov choralari quyidagilarni qamrab oladi:

mansabdor shaxslar, siyosatchilar, senatorlar:

  • prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov;
  • bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko;
  • qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin;
  • transport vaziri Vitaliy Savelev;
  • Federatsiya kengashi birinchi vitse-spikeri Andrey Turchak;
  • yozuvchi Zaxar Prilepin;

tadbirkorlar:

  • Aleksey Mordashov;
  • Mixail Fridman;
  • Alisher Usmonov;
  • Petr Aven;
  • violonchelchi Sergey Roldugin;
  • Sheremetevo direktorlar kengashi raisi Aleksandr Ponomarenko;
  • Gennadiy Timchenko;

kompaniya rahbarlari:

  • “Rosneft” rahbari Igor Sechin;
  • “Transneft” rahbari Nikolay Tokarev;
  • “Promsvyazbank” rahbari Petr Fradkov;

OAV va yetakchi davlat kanallari xodimlari:

  • Tigran Keosayan;
  • Anton Krasovskiy;
  • Arkadiy Mamontov;
  • Olga Skabeyeva;
  • Modest Kolerov;
  • Roman Babayan;

harbiylar:

  • Qora dengiz floti shtab boshlig‘i Sergey Pinchuk;
  • Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari Aleksey Avdeyev;
  • Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari, Rossiya Qahramoni Rustam Murodov;
  • Janubiy harbiy okruk 8-gvardiya umumqo‘shin armiyasi qo‘mondoni Andrey Sichevoy. 

Avvalroq, Alisher Usmonov Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostida qolishi mumkin ekani xabar berilgandi. Shuningdek, AQSh prezidenti Jo Bayden bloger Brayan Koenga bergan intervyusida Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan keskin sanksiyalarning muqobili — Uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘lishi mumkinligi haqida gapirgandi. Rossiya prezidenti Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiyalar ro‘yxati e’lon qilingandi. AQSh, Britaniya, Kanada, YeI, Yaponiya ham yangi sanksiyalar e’lon qilganini bildirdi.

Eslatib o’tamiz, 24-fevral erta tongda Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qilib, bundan ko‘zlangan maqsad Ukrainani delimitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish ekanini ta’kidladi.

25-fevral kuni Vladimir Zelenskiy umummilliy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Ukrainada hozirgi vaqtda harbiy harakatlar davom etmoqda.