Milliy kurash bo‘yicha Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida polvonlardan biri hakamga musht tushirdi. Bu haqda xabar bergan Daryo manbasi mazkur voqeadan so‘ng chempionat muxlislarsiz o‘tganini aytmoqda.

Foto: Skrinshot

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 26—28-fevral kunlari Samarqand shahridagi yakkakurashlarga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tgan.

“Polvonlardan biri hakamning qaroriga chidolmadi, shekilli, hakamga musht tushirdi. Bu paytda boshqa bir hakam esa musht tushirgan polvonga tashlandi. O‘rtada to‘polon kelib chiqdi”, degan nashr manbasi.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, shu voqeadan so‘ng chempionat muxlislarsiz o‘tkazilgan.

“Milliy kurashni jahon arenalariga olib chiqishni niyat qilyapmiz. Ammo O‘zbekistonda bo‘layotgan chempionatni muxlislarsiz o‘tkazsak, bu qanchalik adolatdan bo‘ladi? Kurash va bahslar muxlislar bilan qiziq-ku”, degan nashr muxbiri bilan suhbatlashgan manba.

Mavzuga doir: Og’ir atletikachi Doston Yoqubov jahon chempioni bo’ldi