Rossiyaning Ukraina hududidagi maxsus operatsiyasi qo‘yilgan maqsadga erishilmaguniga qadar davom etadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

“Rossiya qurolli kuchlari guruhi maxsus harbiy operatsiyani qo‘yilgan maqsadga erishilmaguniga qadar davom ettiradi”, deb ta’kidlagan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi maxsus operatsiyadan asosiy maqsad Rossiyani G‘arb tomonidan bo‘ladigan harbiy tahdiddan himoya qilishdir.

“Biz uchun asosiysi – Rossiya Federatsiyasini mamlakatimizga qarshi kurashda ukrain xalqidan foydalanishga urinayotgan G‘arb mamlakatlarining harbiy  tahdididan himoya qilish”, degan u.

Eslatib o’tamiz, 24-fevral erta tongda Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qilib, bundan ko‘zlangan maqsad Ukrainani delimitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish ekanini ta’kidladi. Dunyo yetakchilari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashdi. AQSh, Britaniya, Kanada, YeI, Yaponiya yangi sanksiyalar e’lon qilganini bildirdi.

25-fevral kuni Vladimir Zelenskiy umummilliy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Ukrainada hozirgi vaqtda harbiy harakatlar davom etmoqda.