Namangan viloyatida DXX 200 ming dollar pora olayotgan davlat xizmatchisini qo‘lga oldi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

Foto: Skrinshot

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat qurilish bosh boshqarmasining Davlatobod tuman bo‘limi mutaxassisi tadbirkorga mansabdor tanishlari orqali mazkur tuman hududidan 2 gektar yer maydoni rasmiylashtirib berish hamda u yerga ko‘p qavatli uy va ishlab chiqarish obyekti qurishga ruxsat olib berish evaziga, undan 200 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari qo’llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Farg‘onada 30 nafar talabaning o‘qishini xorijdan ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar $67 000 bilan ushlandi