Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mahalla tizimidagi yangilanishlar haqida ma’lum qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenovga yuklatildi.

“Farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarur. Shu bois, ‘Nuroniy’ jamg‘armasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. Endi mahalla tizimida ham mutlaqo yangi tizim yaratiladi”, degan prezident.

Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi. Mahalla raisi o‘z hududida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va mahallada o‘zaro hamjihatlikda ishlashni ta’minlaydi.

Shuningdek, Prezident Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi shahar va tumandan mahallaga tushadi, mahallabay fuqarolarni qabul qilib, ularning masalalari yechimiga yordam beradi.

Mavzuga doir: “40 yil paxta bilan shug‘ullanib, odamlarni qashshoq qilib yubordik” — Mirziyoyev